Odam organizmida mavjud bo‘lgan va dorivor moddalar tarkibiga kiruvchi elementlar ta’sir mexanizmini atom tarkibi darajasida o‘rganish hozirgi kun tibbiyotining dolzarb masalalaridan biridir. Ko‘pgina elementlar qatorida titan almashtirib bo‘lmaydigan elementlar qatoriga kirmasada, kompleks hosil qilish xususiyati ustunligi bilan tibbiyotda implantatlar va saratonga qarshi komplekslarda yengil va kuchli metall sifatida tanilgan.